Qilichbozlik. Yoshlarimiz jamoaviy dasturda tengsiz bo‘lishdi

Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha yosh qizlar o‘rtasida jahon kubogi bosqichi yakuniga etdi. Musobaqaning so‘nggi kunida jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olindi.

MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, shpaga hamda sablya qurollarida o‘tgan bellashuvlarda hamyurtlarimiz finalgacha etib borishdi va hal qiluvchi bosqichda ham ajoyib ishtirok etib, oltin medallarga ega chiqishdi.

Shpaga, qizlar:
1-o‘rin O‘zbekiston
2-o‘rin Qozog‘iston
3-o‘rin Qirg‘iziston

Sablya, qizlar:
1-o‘rin O‘zbekiston
2-o‘rin Turkiya
3-o‘rin Ruminiya

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!