Qiziq fakt! "Neftchi"ning 16 yillik noxush an’anasi davom etadimi?

  • 3 mart, 2023, 10:24
  • 0
  • Futbol

SPORTS.uz sayti jurnalisti - Faxriddin Ro‘ziev o‘z telegram kanalida Superligaga oid qiziqarli faktlarni e’lon qilishda davom etadi. 

Xabaringiz bor, "Neftchi" bugun "Metallurg" mehmoni bo‘ladi. Birinchi tur doirasidagi bahs farg‘onaliklar uchun qiyin kechsa kerak. Boisi shundaki, vodiy klubi so‘nggi yillarda chempionat startidagi safar o‘yinlarini muvaffaqiyat bilan boshlay olmayapti.

"Neftchi" oxirgi bor 1-tur doirasida mehmonda o‘tkazilgan uchrashuvni 2006 yilgi mavsum avvalida o‘z foydasiga hal qilgan edi. O‘shanda Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubi yirik hisobda mag‘lub qilingan (3:0).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!