Qudratillo Abduqahhorov ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi

  • 26 fevral, 2023, 08:15
  • 0
  • Boks

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minneapolis shtatida joylashgan "Armory" arenasida, PBC kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boks oqshomida amerikalik Vi Shon Ovensga qarshi jang o‘tkazdi.

To‘liq 10 raund davom etgan bahsda Ovens 98-92, 99-91, 97-93 hisobida g‘alaba qozondi va uning rekordi (14-3, 12 KO)ga o‘zgardi. 

Kodi Kroulidan so‘ng ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib olgan Abduqahhorovning janglar statistikasi (18-2, 10 KO) ko‘rinish oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!