Qudratillo Abduqahhorov Virjil Ortis va Tim Tszyu jangida kim g‘olib bo‘lishi haqida so‘z yuritdi

  • 8 yanvar, 11:48
  • 0
  • Boks

Kecha, 7 yanvar AQSh vakili Virjil Ortis navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritib, Tim Tszyuni jangga chorlagandi. Biz Ortisni juda yaxshi biladigan va u bilan sparring janglarda ishtirok etgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhrovdan ushbu qarama-qarshilik haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

- Virjil Ortis juda kuchli bokschi. U sparringlarda u qadar ochilmaydi.Biroq, rasmiy janglarda mutlaqo uni tanimaysiz. U katta mahorat egasi. Zarbalari juda qattiq. Yuqori divizionga o‘tganini inobatga olsak, ko‘p vazn tashlamaydi va yanada yaxshiroq jismoniy holatga ega bo‘ladi. Tim Tszyu bilan juda qiziqarli jang bo‘ladi. To‘g‘risi, Ortisning bu jangda g‘alaba qozonish imkoniyati yuqori, deb o‘ylayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!