Qudratillo Abduqahhorov yana ringga qaytmoqda, uning jang sanasi va raqibi ma’lum bo‘ldi

  • 19 fevral, 2023, 15:43
  • 0
  • Boks

Professional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66,6 kg) janglar o‘tkazib kelayotgan hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov (18-1, 10KO) yana ringga qaytmoqda. U 25 fevral kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Minneapolis shtatida joylashgan "Armory" arenasida, PBC kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan boks oqshomida amerikalik Vi Shon Ovensga (13-3, 12KO) qarshi jang o‘tkazadi. 

Eslatib o‘tamiz, Abduqahhorov so‘ngi bor 2021 yilning 11 dekabrida Kodi Krouliga imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!