"Raqib Pauga emas, Jon Jons bo‘lmaydimi, Guskov yutadi!"

  • 10 fevral, 12:02
  • 0
  • MMA

11 fevralga o‘tar kechasi hamyurtimiz Bogdan Guskov “UFC Fight Night 236” turnirida AQSh vakili Zak Paugaga qarshi jang o‘tkazadi. Biz ushbu to‘qnashuv haqida o‘zbek MMA olami vakillarining fikrlari bilan qiziqdik.

Firuzbek Niyazov – bloger

- Bu jang uzog‘i bilan 2-raundda o‘z yakuniga etadi. Ya’ni, Bogdan Guskov muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritadi. Albatta, bunday taxmin bildirishimning o‘ziga yarasha sabablari bor. Guskov 1-jangini qanday tarzda qabul qilib olganligini barcha yaxshi biladi. Qisqa muddatda ushbu jangni oldi va kimsan chempionlikka da’vogar maqomiga erishgan va chempionlik jangida Daniel Kormega qarshi bahs yuritgan Volkan Ozdemir bilan to‘qnash kelgandi. Bu safar esa hamyurtimiz to‘liq lagerni o‘tadi. Qolaversa, ko‘p vazn tashlamaydi. Raqibi esa anchagina vazn yo‘qotganligi aniq. Xullas, hamyurtimizdan faqat g‘alaba kutib qolamiz va omad tilaymiz!

Feruzbek

Humoyun Ibragimov – MMA jangchisi

Menimcha qiziqarli jang kechadi. Shubhasiz, yurtdoshimizning g‘alaba qozonishini istayman. O‘ylaymanki Bogdan Guskov chiroyli nokaut bilan barchamizni xursand qiladi va UFCdagi g‘alabali odimini boshlab oladi.

Ibragimov

Doniyorbek Ro‘ziev – murabbiy

Nima bo‘lgan taqdirda ham yurtdoshimiz bo‘lgan Bogdan Guskovning g‘alabasini kutaman. Raqib Pauga emas, Jon Jons bo‘lmaydimi? Hamyurtimiz jang qilganidan keyin yaxshi niyat qilamizda. Menimcha Guskov 1-raunddayoq jang taqdirini hal qiladi. O‘ng qo‘l “overxend” va Pauga “uxlaydi”. Omad Bogdan!

Donchik

Shuhratbek Abdumutalibov – murabbiy

 Albatta, Bogdan Guskovning g‘alabasiga umid qilamiz. Ikkisi uchun ham bu jang ahamiyatli, chunki Guskov birinchi jangida yutqazdi, Pauga ham 3 ta jangdan 2 tasida imkoniyatni boy berdi. Xullas, ular juda ehtiyotkor bo‘lishadi. Biroq, hamyurtimiz uni zarbada tuta oladi. O‘ylaymanki, jang 2 –raundlarda Guskovning g‘alabasi bilan yakun topadi. Imkoniyatlarni 70%-30% deya baholagan bo‘lardim.

Shuxa

Kamronbek Ortiqov – MMA jangchisi

To‘g‘risi, Zak Pauganing janglarini ko‘rmaganman. Ammo, Guskovning juda kuchli zarbasi bor. U baribir jang mobaynida bitta aniq zarbaga imkon topadi va raqibini qulatadi. Muddatidan avvalgi g‘alabani kutyapman Guskovdan. Unga omad tilayman.

Kamronchik

Behruz Isroilov – MMA jangchisi

 Bu jang 3-raundgacha bormaydi. Chunki, Bogdan Guskov raqibiga nisbatan anchagina tez va muddatidan oldin g‘alabani qo‘lga kiritadi. Albatta, shunday g‘alaba bo‘lishini xohlaymiz va hamyurtimizga omad tilaymiz!

Bexruz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!