Rasman! APLda yozgi transfer oynasi va keyingi mavsumning boshlanish sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 29 may, 2023, 16:08
  • 0
  • Futbol

Angliya premer-ligasining joriy mavsumi ham o‘z yakuniga etdi. Unda "Manchester Siti" 89 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritdi. 

"Arsenal" 84 ochko bilan 2-o‘rinni olgan bo‘lsa, "Manchester Yunayted" 75 ochko bilan 3-o‘rinni band etdi. 

APL rasmiy sayti yangi mavsum oldidan yozgi transferlar oynasi 14 iyundan ochilishini ma’lum qildi. 1 sentyabrda transfer oynasi yopilgan, deb hisoblanadi. 

Shuningdek, 2023/2024 yilgi mavsumning boshlanish sanasi ham e’lon qilindi. Unga ko‘ra, yangi mavsum 12 avgustda start olib, 19 may sanasida o‘z nihoyasiga etadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!