Rasman! Gari Kexill "Chelsi"dan ketdi

  • 2 iyun, 2019, 16:10
  • 0
  • Futbol

Londonning “Chelsi” klubi rasmiy sayti himoyachi Gari Kexillning jamoadan ketganini e’lon qildi.

Aytish lozimki, 33 yoshli futbolchining “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 30 iyunda o‘z nihoyasiga etadi va shu bois u jamoani erkin agent sifatida tark etdi.

Ma’lumot uchun, Kexill “Chelsi” sharafini 2012 yildan buyon himoya qilib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida londonliklar safida jami 290 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 25ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. U shuningdek faoliyati davomida "Aston Villa", "Byornli", "Sheffild Yunayted" va "Bolton" kabi jamoalarda ham o‘ynagan. Angliya terma jamoasi tarkibida esa 61ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!