Rasman! "Paxtakor" klubi bosh murabbiy Piter Xyuistra borasida bir qarorga keldi

  • 7 yanvar, 2022, 20:18
  • 0
  • Futbol

"Paxtakor" klubida katta o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Jamoani bir qancha tajribali futbolchilar tark etdi. Endi navbat murabbiyga.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Piter Xyuistra lavozimini tark etdi. Niderlandiyalik murabbiy jamoa bilan 2021 yilning oxiriga qadar shartnoma imzolagandi. Tomonlar shartnomani uzaytirishmadi. Klub matbuot kotibi Behzod Nazarov SPORTS.uz sayti jurnalistiga bu ma’lumotni tasdiqladi.

Ushbu mutaxassis 2021 yili "sherlar" ustoziga aylangandi. Bir yil mobaynida jamoani boshqardi. Ungacha esa Shota Arveladzening yordamchisi hisoblangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!