Rasman! "Pogba seriali" nihoyasiga etdi (video)

  • 11 iyul, 2022, 14:37
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" o‘z tarkibini kuchaytirishni davom ettirmoqda.

Klub matbuot xizmati Pol Pogbaning jamoaga qaytganini ma’lum qildi. Frantsiyalik futbolchi "keksa senora" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi. U turinliklar tarkibida 10-raqam ostida to‘p tepadi.

29 yoshli yarim himoyachi 2012-2016 yillar oralig‘ida "Yuve" sharafini himoya qilgan. Shundan so‘ng u 105 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga ko‘chib o‘tgandi. Qayd etish joiz, uning MYudan keyin qaysi klubga o‘tishi 3 yildan beri muhokama qilinayotgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!