Rasman! Santi Kasorla "Al Sadd" futbolchisi

  • 20 iyul, 2020, 16:44
  • 0
  • Futbol

"Al Sadd" klubi "Vilyarreal" yarim himoyachisi Santi Kasorla bilan kelishuvga erishganini e’lon qildi.

"Biz Kasorla bilan kelishuvga erishdik. U tez orada, Doxaga uchib keladi.

"Al Sadd"ga xush kelibsan Santi!" - deyiladi Qatar klubining xabarida.

Yaxshi bilasiz-ki, "Al Sadd"ni "Barselona"ning sobiq futbolchisi Xavi boshqaradi.

Avvalroq, "Vilyarreal" 35 yoshli jamoani tark etishi haqida xabar bergandi.

La Liganing yakuniga etgan mavsumida Kasorla 35 ta bahs o‘tkazib, 11 ta gol urdi va yana 10 ta golga assitentlik qildi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!