Rasman! "Sharja" Otabek Shukurov o‘rniga "Barselona" futbolchisini xarid qildi

  • 7 sentabr, 2022, 21:07
  • 0
  • Futbol

BAA chempionati ishtirokchisi "Sharja" klubi Miralem Pyanich bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.

Mahoratli yarim himoyachi sharjaliklar bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekdi. U "Barselona" bilan bitimni o‘zaro kelishuv asosida bekor qilib, yangi jamoasi safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shildi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston MTJ etakchilaridan biri Otabek Shukurov iyul oyida "Sharja"ni tark etib, Turkiya Superligasiga ko‘chib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!