Rasman: "Superman" sobiq jamoasiga qaytdi (video)

  • 17 iyun, 2021, 16:41
  • 0
  • Futbol

Afsonaviy darvozabon Janluiji Buffon rasman "Parma" a’zosiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Uzoq yillardan so‘ng sobiq jamoasiga qaytgan Buffon 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Posbon "Parma"ga "Yuventus"dan erkin agent maqomida kelib qo‘shildi. 

Janluiji 1995-2001 yillarda “Parma” safida o‘ynagan. Ushbu jamoa yangi mavsumda Italiya B Seriyasida ishtirok etadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!