Rasman! "Surxon" o‘z safiga O‘zbekiston terma jamoasining sobiq himoyachisini qo‘shib oldi (foto)

  • 14 fevral, 2023, 16:27
  • 0
  • Futbol

Termizning "Surxon" klubi navbatdagi transferni amalga oshirdi. "Uchar tulporlar" sharafini taniqli himoyachi Artyom Filiposyan himoya qiladi.

O‘z davrida Artyom O‘zbekiston milliy terma jamoasida ham o‘ynagan (13 ta uchrashuv). Tajribali markaziy himoyachi 2011 yilda Qarshining "Nasaf" jamoasi tarkibida OFK Kubogini qo‘lga kiritgan.

Himoyachi bar necha klublar, shu jumladan, "Mash’al", "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv" "Dinamo" va "So‘g‘diyona" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. O‘tgan mavsumda esa u AGMKda harakat qildi.

loavprlo

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!