Rasman! "Vest Xem" bosh murabbiyi mavsum so‘nggida klubni tark etadi

Rasman "Vest Xem" David Moyes bilan xayrlashdi. Shotlandiyalik mutaxassis mavsum so‘nggida jamoani tark etishi e’lon qilindi, ya’ni omonlar yangi bitim imzolamaslikka qaror qilishdi. 

David Moyes

Moyes "bolg‘achilar"ni 2019 yildan beri boshqarib kelayotgandi. Bundan oldin u 2017-2018 yillar oralig‘ida ham Lodon klubida ishlagan. Murabbiyning keyingi manzili hozircha aniq emas. 

"Vest Xem" ayni paytda APL turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Matematik jihatdan Evropa ligasiga yo‘llanmasi uchun imkoniyat bor, lekin bu qiyin masala. 

Ayni paytda klub bir nechta mutaxassislar bilan muzokaralar olib bormoqda. Tez orada jamoaning yangi ustozi aniq bo‘ladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!