Rasman! Villian "Arsenal" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

  • 14 avgust, 2020, 14:36
  • 0
  • Futbol

Yaqindagina “Chelsi” bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylangan yarim himoyachi Villian faoliyatini Londonning boshqa bir grandi – “Arsenal”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra, 32 yoshli braziliyalik futbolchi “kanonirlar” bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. U yangi jamoasida 12-raqam ostida to‘p suradi.

Villian o‘tgan mavsum APLda 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!