“Real” Anchelotti bo‘yicha kutilmagan qarorga keldi

  • 25 oktabr, 2023, 20:02
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati bosh murabbiy Karlo Anchelotti jamoadagi ishini davom ettirishini istayapti. Italiyalik murabbiyning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi.

Aslida Anchelotti Madridni tark etigi haqidagi xabarlar ancha avval boshlangan. Tajribali mutaxassis klub rahbariyati bilan ko‘p tortishib qoladi. Florentino Peres boshchiligidagi mutasaddilari Karloni tanqid qilishni yaxshi ko‘radi.

Shunga qaramay, Anchelottining ishi klub xo‘jayinlariga ma’qul kelmoqda. Jurnalist Ramon Alvaresning ma’lum qilishicha, “Qirollik klubi” Karlo Anchelottiga yangi shartnoma taqdim qilgan.

Ayni paytda tomonlar hamkorlik shartlari bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Tajribali mutaxassis jamoani 2021 yildan beri boshqarmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!