"Real" APLning yosh yulduzini shu yozda sotib olmoqchi

Madridning "Real" klubi "Manchester Yunayted"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Kobbi Maynu bilan shartnoma imzolashi mumkin. 

Angliyalik futbolchining o‘yini "Real" rahbariyatida yaxshi taassurot qoldirgan va u jamoaning kelajakdagi yarim himoya chizig‘ida muhim vakillaridan biri bo‘lishiga ishonishmoqda. 

Ushbu transfer yozda amalga oshishi mumkinligi haqida ham xabarlar chiqmoqda. 

U joriy mavsum MYu safida APL doirasida 17 bellashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!