“Real” eng zo‘r besh darvozabonni nishonga oldi

  • 11 avgust, 2023, 10:01
  • 0
  • Futbol

“Real”ning asosiy posboni Tibo Kurtua mashg‘ulot jarayonida jarohat oldi. Belgiyalik futbolchi yangi mavsumni to‘liq o‘tkazib yuborishi mumkin.

“Qirollik klubi” zudlik bilan yangi darvozabon olishi kerak. Madridliklar bugungi kunda yuqori saviyada o‘ynayotgan posbonlar ro‘yxatini tuzdi va endi birma-bir ular bilan muzokaralarni boshlaydi.

Ispaniyaning Marca nashrining yozishicha, “Real” ayni paytda ishsiz yurgan David de Xeani ko‘zlamoqda.

Shuningdek, madridliklar ro‘yxatiga “Chelsi”dan Kepa Arrisabalaga, “Sevilya”dan Yassin Bunu, “Valensiya”dan Georgiy Mamardashvili va “Dinamo Zagreb”dan Dominik Livakovich kiritildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!