"Real Madrid" "The Best" marosimiga boykot e’lon qildi

  • 27 fevral, 2023, 15:45
  • 0
  • Futbol

"Real" Madrid futbolchilari va bosh murabbiyi Karlo Anchelotti FIFAning yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimida qatnashmaydi.

Ma’lum bo‘lishicha, bunday qarorga braziliyalik hujumchi Vinisius Juniorning yil jamoasiga kirish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmagani sabab bo‘lgan. Bu haqda "Marca" nashri xabar berdi.

Shu munosabat bilan individual sovrinlarga da’vogar bo‘lgan "qaymoqranglilar" vakillari Parijga borishdan bosh tortishdi. Bular hujumchi Karim Benzema, darvozabon Tibo Kurtua va bosh murabbiy Karlo Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!