"Real Madrid" va "Borussiya" dan o‘xshash natijalar

Xabaringiz bor, 30 aprel va 1 may kunlari Evropa chempionlar ligasining yarim final bahslari bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlarda jamoalar bir necha an’anani davom ettirishdi.

"Real Madrid" jamoasi "Bavariya" bilan bellashuvdagi durangdan so‘ng, EChL dagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari sonini o‘n bittaga etkazdi.

"Borussiya D" esa o‘z stadionida PSJ ni mag‘lub etgan holda, EChL doirasidagi so‘nggi uy o‘yinlaridagi ketma-ket 11-g‘alabasiga erishdi. "Arilar" so‘nggi marotaba 2021 yil 4 noyabrda o‘z stadionida "Ayaks" tomonidan mag‘lub etilgan (1:3).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!