“Real” Modrichga lavozim berdi

  • 7 iyul, 2023, 09:02
  • 0
  • Futbol

“Real” rahbariyati jamoa pleymeykeri Luka Modrich professional faoliyatini yakunlaganidan keyin ham klubda qolishini istayapti.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Qirollik klubi” xorvatiyalik o‘yinchiga klub tizimida rahbarlik lavozimlaridan birini hozirdan taklif qilib bo‘ldi.

Ta’kidlash joizki, Modrich yaqinda “An-Nasr”ning mo‘may daromadli shartnomasini qabul qilmagan edi. U Madridda qolib, “Real”da yana bir yil o‘ynashni tanladi.

Modrich “Real”ga 2012 yili “Tottenxem”dan transfer qilingan edi. 37 yoshli futbolchi faoliyatini aynan Madridda yakunlamoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!