"Real" muxlislari uchun noxush xabar! Kurtua uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 10 avgust, 2023, 18:42
  • 0
  • Futbol

"Real" darvozaboni Tibo Kurtua mashg‘ulotlar paytida jiddiy jarohat oldi. Ma’lum bo‘lishicha, u tizzasini shikastlab olgan va ko‘zda yosh bilan mashg‘ulotlarni tark etgan. 

Uning chap tizzasiga jiddiy jarohat etgan bo‘lishi mumkin. Posbon katta ehtimol bilan mavsumning anchagina qismini o‘tkazib yuboradi. 

Hozirda "qirollik klubi" Kurtua o‘rniga darvozabon qidirishni boshlab yuborgan va David De Xeaning agentlari bilan aloqaga chiqqan. Shuningdek, short-listda Kepa Arrisabalaganing nomi keltirib o‘tilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!