Real uchun og‘ir hafta!

  • 16 avgust, 2023, 18:08
  • 0
  • Futbol

La Liganing birinchi turida "Real" safarda "Atletik"ni 2:0 hisobida taslim qilib, mavsumni g‘alaba bilan boshladi. Ammo klub muxlislari uchun yomon xabarlar so‘nggi kunda ko‘payib bormoqda. Avvaliga, Arda Gyuler jarohat olgan bo‘lsa, endilikda yana ikki asosiy futbolchilar safdan chiqdi. Shu bilan birga, Mbappening kelajagi ham aniq bo‘lib bormoqda. Keling, bularning barchasiga birma-bir to‘xtalib o‘tamiz. 

Kurtua

Bilamizki, Kurtua so‘nggi yillarda "qaymoqranglilar"ning asosiy g‘alabalariga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. U katta o‘yinlarda katta sahnaga chiqaverganidan, "Real" ikkinchi darvozabon masalasida bosh qotirmay ham qo‘ydi. Biroq mashg‘ulotlar paytida posbon jarohat oldi va uzoq muddatga safdan chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, u tizzasidan jiddiy jarohat olgan va tez orada operatsiya qilinadi. Kurtua shu bilan aprel oyigacha maydonga tusha olmasligi borasida mish-mishlar bor. Anchelotti esa Luninni birinchi raqamli darvozabon bo‘lishini istamadi. Klub bir qancha variantlarni ko‘rib chiqdi. Keylor Navas, Yassin Bunu, David De Xea va Giorgi Mamardashvili kabi posbonlar ro‘yxatni band qilishdi. Yakunda ea Kepa Arissabalaga "Real"ning yangi a’zosiga aylanishi ma’lum bo‘ldi. Ispan grandi uni ijaraga olmoqda (sotib olish sharti yo‘q). 28 yoshli posbonni "Bavariya" o‘z tarkibiga qo‘shib olishga yaqin kelayotgandi. Tomas Tuxel sobiq shogirdini o‘z jamoasida ko‘rmoqchi edi, lekin Germaniyada Kepaga asosiy tarkib kafolatlanmagandi. Shu sababli, darvozabon Madridni tanladi. "Real" Bununi ham sotib olish ehtimoli bor edi. Uni "Sevilya" ijaraga emas, balki sotishni reja qilgandi. Bu transfer "qaymoqranglilar"ga 20 million evroga tushardi. Shuningdek, De Xea ham "Real"ga o‘zini taklif qildi.  

Image

Militao

Mavsum boshida ayrim nashrlar endi buyog‘iga Militao va Alaba asosiy tarkibda ko‘proq daqiqalarga ega bo‘lishini ma’lum qilgandi. Endi rejalar o‘zgarishi mumkin. "Atletik"ga qarshi bahsda maydonga noqulay yiqilgan himoyachi 6 oyga safdan chiqqani tahmin qilinyatpi. U ham tez orada operatsiya qilinishi kutilyapti. Ammo Madrid klubining yangi himoyachi izlayotgani haqida hech qanday mish-mishlar yo‘q. Bu esa Nachoni ham ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini anglatadi. Tarkibda esa boshqa fulbek vazifasini bajarib beradigan futbolchilar yo‘q. 

Image

Mbappe 

Har yozda "Real" muxlislarini boshida xursand qilib, keyin asabini buzadigan bir xabar bu yozda ham trendda bo‘ldi. Mbappe tez orada Madridga ko‘chib o‘tishi aniq, deb mish-mish tarqatgan nashrlar endi jim bo‘lib qolishdi. Uning o‘rniga Frantsiyadagilar hujumchining PSJda qolishini aniq qilib aytishmoqda. Fabritsio Romano ham Kilian yangi shartnoma tuzishga qarshi emas, demoqda. Rahbariyat futbolchini mavsumoldi turnega borishiga ruxsat bermadi, mashg‘ulotlardan chetlashtirgandi, chempionatning birinchi turidan o‘rin olgan "Loryan" bilan bo‘lgan bahs uchun qaydnomadan ham joy olmagandi. Ammo bugunga kelib, Mbappe asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda. Shu bilan birga 2025 yilgacha amal qiladigan bitim imzolashi mumkin ekan. "Real" esa hujumchisiz qolib ketish havfi bor. Sababi, klub 25 yoshli frantsuzdan oldin 3 ta straykerga qiziqish bildirgandi. Ammo muzokaralarni to‘xtatib, Mbappe bilan bo‘layotgan vaziyat qanday tugashini kutgandi. Kilianni ayblashga shoshilmang. Sababi, u har doim yana bir yil PSJda qolishni istayotganini aytib kelgan. Uning "Real"ga o‘tishi yana bir yilga cho‘zildi.

Image

Suhrob Xolbekov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!