“Real” zo‘r himoyachi topdi

“Real” kelasi mavsum oldidan tarkibini jiddiy kuchaytirishga qaror qilgan. Madridliklar himoya chzig‘ini yangilashgan alohida e’tibor qaratmoqda.

Calciomercato nashrining yozishicha, “Qirollik klubi” yozda “Yuventus” himoyachisi Andrea Kambyazoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Madridliklar 24 yoshli futbolchi uchun 40 million evro to‘lashga tayyor. Manbaning ta’kidlashicha, “Yuventus” o‘z o‘yinchisini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Turinliklar Andreaning kelajagi porloq ekanini inobatga olib, uni uzoq muddat o‘z safida saqlab qolmoqchi.

Kambyazo joriy mavsumda barcha turnirlarda 24 marotaba maydonga tushdi. Iste’dodli futbolchi himoyadagi vazifalaridan tashqari o‘zi ikkita gol urdi va jamoadoshlariga to‘rtta golli pas uzatdi.

Himoyachining Turin superklubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!