"Real"ning muhim futbolchisi aprelda maydonga tusha olmasligi mumkin

  • 28 mart, 2023, 12:30
  • 0
  • Futbol

"Real" Madridning asosiy darvozaboni Tibo Kurtua jarohat olgan bo‘lishi mumkin. "Sport.es" portalining xabar berishicha, belgiyalik darvozabonning mushaklarida muammo bor.

Manbaga ko‘ra, Kurtua aprel oyi oxirigacha maydonga tusha olmaydi. Agar tashxis tasdiqlansa, u holda ukrainalik Andrey Lunin "qirollik klubi"darvozasini qo‘riqlaydi.

"Qaymoqranglilar" aprel oyida Ispaniya kubogi doirasida Kataloniyaning "Barselona"siga qarshi o‘ynasa, Chempionlar ligasi 1/4 finalida Londonning "Chelsi"si bilan to‘qnash keladi.

Eslatib o‘tamiz, Kurtua joriy mavsum La Ligada 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!