"Real"ning yangi mavsumdagi sardori ma’lum

  • 29 iyun, 2023, 14:31
  • 0
  • Futbol

Madridning “Real” klubi Karim Benzema jamoani tark etganidan keyin yangi sardorni aniqlash uchun ovoz berdi. 

“Qaymoqranglilar” matbuot xizmatining xabar berishicha, himoyachi Nacho Fernandes jamoaning yangi sardori bo‘ldi. Yarim himoyachi Luka Modrich ikkinchi sardor etib tayinlandi. Keyingi o‘rinlarda Dani Karvaxal va yarim himoyachi Toni Kroos turibdi.

"Real" Madrid o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatining kumush medallarini qo‘lga kiritdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!