Reshfordning akasi zo‘ravonlikda ayblanmoqda

  • 9 noyabr, 2023, 18:49
  • 0
  • Futbol

Markus Reshfordning akasi zo‘ravonlikda ayblanmoqda.

"The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, "Manchester Yunayted" hujumchisining katta akasi Deyn Reshford 20 oktyabr kuni Mayamida hibsga olingan va 1500 dollar garov va Florida shtatini tark etmaslik to‘g‘risidagi tilxat evaziga qo‘yib yuborilgan. U zo‘ravonlikda ayblanmoqda. 

Ish bo‘yicha sud majlisi 27 noyabrga belgilangan. Ayblanuvchi o‘z aybini tan olmayapti.

31 yoshli Deyn DN May Sports Management kompaniyasi direktori hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!