Richard Torres Bahodir Jalolov bilan yana jang qilmoqchi

  • 11 avgust, 2023, 08:42
  • 0
  • Boks

Og‘ir vaznli bokschimiz Bahodir Jalolov Top Rank promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bor. Ushbu kompaniya mijozi hisoblangan Richard Torres ham Jalolovning azaliy raqibi bo‘lib kelgan. Jalolovning Top Rank bilan shartnoma qilishi, uning ham e’tiborini tortdi.

"U Top Rank bilan shartnoma qilganida men endi bizni kesishuvchi yo‘llarimiz bor, deb o‘yladim. U bilan bo‘lgan janglar anchadan beri muhokama qilinmoqda. Bir kun kelib biz buni yana takrorlay olamiz. Endi albatta o‘sha kun bo‘ladi.

Har safar u bilan jang qilganimda yanada yaxshiroq holatda bo‘lardim. Endi yana shunday imkoniyat borligidan hursandman", - deydi Torres Boxingscene nashriga. 

Eslatib o‘tamiz, Jalolov va Richard Torres ilk bor 2019 yilgi jahon chempionatida to‘qnash kelgan va Jalolov super nokaut qayd etgan edi. So‘ngra Jalolov uni Tokio Olimpiadasi finalida ham mag‘lub etgan.

Torres professional faoliyati davomida 5 ta jang o‘tkazib barchasida raqiblarini muddatidan oldin taslim etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!