Rixsiboevning goli "Xo‘jand"ni mag‘lubiyatdan saqlab qolish uchun kamlik qildi

  • 12 aprel, 2020, 19:26
  • 0

Bugun Tojikiston chempionatida 2-tur o‘yinlari  davom ettirildi. Hamyurtlarimiz Ma’mur Ikromov, Siroj Hamroev, Sanjar Rixsiboev hamda Andrey Sidorovlar faoliyat olib boradigan "Xo‘jand" jamoasi o‘z maydonida "Xatlon" jamoasini qabul qildi va 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

E’tiborlisi, mezbonlar safida kiritilgan gollarning biriga Rixsboev mualliflik qildi, ammo bu gol "Xo‘jand"ni mag‘lubiyatdan saqlab qolish uchun kamlik qildi.

Ma’lumot uchun, "ko‘klar" safida har to‘rttala hamyurtimiz bugungi bellashuvni asosiy tarkibda boshladi.

Tojikiston chempionati / 2-tur

"Xo‘jand" - "Xatlon"

Gollar: Xudoydod Uzoqov, 20 (0:1), Sorbon Avgonov, 35 (0:2), Sanjar Rixsiboev, 48 (1:2), Parviz Baki-Oxunov, 73 (1:3), Dilshod Bozorov, 90+3 (2:3).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!