Roberto Karlosning rekordiga bir qadam qoldi

  • 17 mart, 2021, 10:04
  • 0
  • Futbol

“Real” himoyachisi Serxio Ramos kecha UEFA Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yini doirasida “Atalanta” (3:1) darvozasini ishg‘ol qildi.

E’tiborlisi, ispaniyalik futbolchi shu tariqa o‘zining EChLdagi gollari sonini 15 taga etkazib oldi va musobaqa tarixidagi eng yaxshi to‘purar himoyachi - Roberto Karlosga (16) yaqinlashib oldi. U keyingi goli orqali braziliyalik futbol afsonasining rekordini takrorlashi mumkin.

Ramos joriy mavsum “Real” safida jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!