"Roland Garros". Ayol tennischilar o‘rtasidagi yarim finalning ilk juftligi ma’lum

  • 8 oktabr, 2020, 02:52
  • 0
  • Tennis

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi navbatdagi musobaqa hisoblanadigan "Roland Garros" turnirida yarim finalning ilk juftligi nomi ma’lum bo‘ldi.

Dastlab, amerikalik tennischilar bahsida Sofiya Kenin va Daniel Kollinz kortga chiqdi. Ilk setni 6:4 hisobida o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan turnirning 4-tartib raqamli raketkasi Sofiya, keyingisini xuddi shu hisobda boy berdi. Ammo hal qiluvchi set uchun o‘zida kuch topa olgan Kenin raqibasiga umuman imkoniyat qoldirmadi va 6:4, 4:6, 6:0 hisobida zafar quchdi.

Yarim finalning yana bir yo‘llanmasi uchun chexiyalik Petra Kvitova hamda germaniyalik Laura Zigemund o‘rtasida kurash kechdi. Unda raqibasiga qaraganda yuqoriroq reytingga ega, 7-tartib raqam ostida saralangan Kvitova 2 setda g‘alaba qozondi. Yakuniy hisob: 6:3, 6:3.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!