"Roland Garros". Ayollar o‘rtasidagi bahslarda final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  • 13 iyun, 2021, 02:05
  • 0
  • Tennis

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiradigan Frantsiya ochiq chempionatining ayollar o‘rtasidagi bahslarida chempion nomin aniqlandi.

Hal qiluvchi bahsga qadar etib kelgan chexiyalik Barbora Kreychikova hamda Anastasiya Pavlyuchenkova to‘qnashuvi 3 set davom etdi. Ilk setni yutib olgan Barbora keyingisida imkoniyatni boy berdi. Ammo 3-setda bor kuchini ishga solgan chexiyalik raketka sohibasi g‘alabani o‘zi tomonga og‘dirdi. 

Shu tariqa, finalda 6:1, 2:6, 6:4 hisobi bilan zafar quchgan Barbora Kreychikova "Roland Garros" joriy mavsumi g‘olibasiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!