"Roland Garros". Nadal yarim finalda, Medvedev to‘xtatildi

  • 10 iyun, 2021, 00:58
  • 0
  • Tennis

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi Frantsiya ochiq chempionatida chorak final bahslari o‘tkazilmoqda.

Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan kurashda turnirning asosiy favoritlaridan biri, ispaniyalik Rafael Nadal argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqdi. 4 set davom etgan o‘yin Rafaning 6:3, 4:6, 6:4, 6:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Yana bir bellashuvda yunon sportchisi Stefanos Tsitsipas musobaqaning ikkinchi raqam ostida saralangan tennischisi Daniil Medvedev bilan o‘zaro munosabatlarga oydinlik kiritib oldi. O‘z o‘yinini ko‘rsata olmagan Medvedev 6:3, 7:6(6:3), 7:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Shuningdek, germaniyalik Aleksandr Zverev Ispaniya sharafini himoya qilgan Alexandro Davidovich-Fokinani ortiqcha qiyinchiliksiz mag‘lubiyatga uchratdi. Nemis raketka ustasi 3 setda jami 6 geymni boy berdi, xolos. Yakuniy hisob - 6:4, 6:1, 6:1.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!