Ronaldo 4-marta uylanadi

  • 14 yanvar, 2023, 12:35
  • 0
  • Futbol

Braziliyalik mashhur futbol yulduzi Ronaldo yana bir bor turmush qurishga qaror qildi. E’tiborlisi, bo‘lajak nikoh “so‘yloq” uchun to‘rtinchisi bo‘ladi.

Ronaldoning tanlagani 32 yoshli model Selina Loks bo‘lib, bo‘lajak er-xotin allaqachon ijtimoiy tarmoqlarda uzuklarni ko‘rsatib, yaqinlashib kelayotgan to‘ylarini e’lon qilishga ham ulgurgan.

Qizig‘i shundaki, to‘yga birinchi bo‘lib munosabat bildirganlardan biri Ronaldoning sobiq turmush o‘rtog‘i Milen Dominges bo‘ldi. U 2002 yilgi jahon chempionatining eng yaxshi to‘purarini hayotidagi yana bir muhim voqea bilan tabrikladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!