Ronaldo: “Argentina ajoyib o‘yin ko‘rsata olmaydi, lekin...”

  • 13 dekabr, 2022, 07:10
  • 0
  • Futbol

Argentina jahon chempionatining yarim finaligacha etib keldi. Ularni oldinda Xorvatiyaga qarshi uchrashuv kutmoqda. Braziliya afsonasi Ronaldo Messi va uning jamoadoshlari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Skaloni shogirdlari zo‘r taassurot qoldirmagan, lekin sobiq hujumchi Messini chempion bo‘lishini istaydi.

Agar Messi jahon chempioni bo‘lsa, xursand bo‘lardim. Ammo men braziliyalik sifatida baxtli bo‘lmasdim. Biz hammamiz bunga loyiqmiz. Uning hikoyasi uchun emas. Shunchaki, Leoning imkoniyati bor”, - dedi Ronaldo.

Argentina ajoyib o‘yin namoyish qila olmaydi, lekin ularda aql-bovar qilmaydigan ishtiyoq bor. Ularning barchasi birgalikda harakat qilishadi va jamoada Messi bor. Shaxsan men Leo chempion bo‘lsa, xursand bo‘laman”, - deya qo‘shimcha qildi sobiq “Real” futbolchisi.

PSJ hujumchisi 2014 yilda ham mundial g‘olibiga aylanishga yaqin kelgan. O‘shanda Germaniya Argentinani mag‘lub qilgandi. Agarda jamoa Xorvatiya to‘sig‘idan o‘ta olsa, finalda Frantsiya yoki Marokashga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!