Ronaldo Bekxemga:"Sen Braziliya terma jamoasida o‘ynashga loyiq yagona inglizsan"

  • 14 aprel, 2020, 16:28
  • 0
  • Futbol

Suhbat davomida ular "Real" safida birga to‘p surgan davrlarini yodga olishdi. Bekxem:

"Ronaldo, Madridga kelgan dastlabki kunlarimda aytgan gaplaring hali hamon yodimda. Sen, Bekxem Braziliya terma jamoasida o‘ynashga munosib yagona ingliz, degan eding. Bu gaplarga hech qachon ishonmasam-da, quvonchimni ichimga sig‘dirolmasdim. Nega ishonmasligimni o‘zing yaxshi bilasan. Braziliyaliklar doim kuchli bo‘lishgan. 

O‘z navbatida, Ronaldo: "Nimaniki aytgan bo‘lsam barchasi samimiy edi. Sening maydon markazidagi o‘yining betakror edi. Men senga qarashimning mutlaqo hojati bo‘lmas, oldinga yugursam kifoya edi. Birozdan so‘ng to‘p men tomonga uchib kelar va men qulay vaziyatga chiqib olar edim. Bularning barchasi uchun senga minnatdorchilik bildirishim joiz", - dedi.

Ma’lumot uchun, har ikkala futbolchi hozirda o‘z klublariga ega. Ronaldo "Valyadolid" klubi egasi hisoblanadi. Bekxemning yangi klubi "Inter" Mayami esa joriy mavsumdan e’tiboran MLSda ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!