Ronaldo ispaniyalik hakamlarning ishidan norozi

  • 16 may, 2023, 11:00
  • 0
  • Futbol

Afsonaviy braziliyalik hujumchi, hozirda Ispaniyaning “Valyadolid” klubi prezidenti sifatida faoliyat yuritayotgan Ronaldo La Ligadagi hakamlik haqida gapirdi.

“Biz uzoq vaqt sukut saqladik, lekin hamma narsaning chegarasi bor. Bu professional sport va biz tushuntirish berishlarini xohlaymiz. Hakamlarning xatolari mavsumning borishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo jamoamiz kurashni davom ettiradi, chunki biz “Valyadolid”miz. Buning uchun biz hamma narsani beramiz, uni bizdan hech kim tortib olmaydi”, - deb yozgan braziliyalik yulduz ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

“Valyadolid” Ispaniya chempionatining 34-turidan so‘ng 35 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!