Ronaldo o‘zidan 14 yosh kichik qizga uylandi. To‘yga 400 keldi (foto)

  • 26 sentabr, 2023, 21:05
  • 0
  • Futbol

Ikki karra jahon chempioni va ikki marta “Oltin to‘p” sohibi bo‘lgan Ronaldo taniqi model  Seline Loks bilan rasman turmush qurdi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, braziliyalik 47 yoshli futbolchi uchinchi marotaba uylandi va to‘yini Ibitsa shahrida o‘tkazdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, to‘y marosimida 400 kishi ishtirok etgan. Ziyofat Ronaldoning Ibitsadagi uyida tashkil qilindi.

r8mBDKJJ9W4

Ronaldo Braziliya terma jamoasi safida 99 marotaba maydonga  tushib, 62 ta gol va 25 assist muallifi bo‘lgan. 1994-2011 yillar davomida Braziliya terma jamoasi sharafini himoya qilgan to‘purar ikki marotabadan jahon va qit’a chempionatlarida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!