Ronaldu, Rivaldo, Ronaldino, Bloxin... Kim eng zo‘ri? (FOTO)

  • 19 oktabr, 2020, 19:37
  • 0
  • Futbol

France Football jurnali barcha davrlarning eng yaxshi chap qanot hujumchisi nominatsiyasi uchun 10 ta da’vogar nomini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatdan Oleg Bloxin (SSSR), Krishtianu Ronaldu (Portugaliya), Dragan Jaich (Yugoslaviya), Rayan Giggz (Uels), Terri Anri (Frantsiya), Rivaldo, Rivelino, Ronaldino (Barchasi Braziliya), Karl-Xaynts Rummenigge (Germaniya) va Xristo Stoichkov (Bolgariya) joy oldi.

Ushbu nashr 3-4-3 sxemasi asosida tarkib tuzishni rejalashtirgan. Har bir pozitsiya g‘olibi "Oltin to‘p" sovrini egasini aniqlovchi hakamlar yordamida ovoz berish orqali aniqlanadi.

Avvalroq, Frantsiyaning mashhur jurnali eng yaxshi darvozabonlar, markaziy himoyachilar, chap hamda o‘ng qanot himoyachilari va markaziy hamda hujumkor yarim himoyachilar o‘nligini e’lon qilgandi.

Ekr_cVsX0AEd58L

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!