Ronaldu A Seriyaning 38 ta bahsida 25 ta gol urdi. Undan faqatgina 4 ta futbolchi yaxshiroq natija ko‘rsatgan

  • 20 oktabr, 2019, 01:33
  • 0
  • Futbol

Ayni daqiqalarda Italiya A Seriyasining 8-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Bolonya" (2:1) qarama-qarshiligi bo‘lib o‘tmoqda. UChrashuvda Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi.

Ushbu gol Ronaldu uchun A Seriyadagi 38 o‘yinda 25-si bo‘ldi. 1994/95 yilgi mavsumdan buyon, faqatgina 4 ta futbolchi Ronaldudan ko‘proq gol urgan.

Sobiq hujumchi Vinchentso Montella 31 o‘yinda 25 ta gol urgan bo‘lsa, braziliyalik Ronaldo hisobida 32 ta gol bor. Diego Milito va Andrey Shevchenko hisobida esa 33 tadan gol mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!