Ronaldu avtomobillarini Turindan olib chiqib ketdi (video)

  • 17 may, 2021, 22:59
  • 0
  • Futbol

"Yuventus" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya klubini tark etishga tayyorlanmoqda.

Giacomo Scutiero nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 36 yoshli portugaliyalik futbolchi Turindan barcha avtomobillarini olib chiqib ketgan. Ronaldu qimmatbaho mashinalarini tashish uchun Portugaliyaning Rodo Cargo kompaniyasiga buyurtma bergan.

Krishtianu bu orqali faoliyatini o‘z vatanida, aniqrog‘i “Sporting” klubida davom ettirishi mumkinligiga shama qilgan bo‘lishi mumkin. Lissabonliklar 19 yillik tanaffusdan so‘ng joriy mavsum yana Portugaliya chempionligini tantana qildi.

Ronaldu joriy mavsum “Yuventus” safida jami 43 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 36 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!