"Ronaldu kelib, jamoa DNKsini yo‘qotdi!"

  • 24 dekabr, 2021, 15:55
  • 0
  • Futbol

"Parma" klubi sharafini himoya qilayotgan tajribali darvozabon Janluiji Buffon sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

"U kelgan ilk mavsumda "Yuventus"da Chempionlar ligasini yutish imkoniyati yuzaga kelgan edi. O‘shanda men PSJ tarkibida o‘ynardim va jamoada nimalar sodir bo‘lganini bilmayman.

Qaytganimdan so‘ng biz Krishtianu bilan birga ko‘p vaqt o‘tkazdi, yaxshi o‘ynadik. Ammo "Yuventus" DNKsini yo‘qotib bo‘lgandi. Ungacha biz finallarga chiqqanmiz, chunki tajribamiz bor edi. Biz yaxlit jamoa edik, asosiy tarkib uchun raqobat ham juda yuqori edi",-deya o‘z fikrlarini bildirdi tajribali futbolchi.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu 3 yillik faoliyatidan keyin Turindan Manchesterga ko‘chib o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!