Ronaldu ro‘yxatdan o‘tdi, Masharipov joyida qoldi!

  • 8 yanvar, 2023, 08:40
  • 0
  • Futbol

“An-Nasr” klubi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma qilganidan keyin portugaliyalik yulduzni chempionat qaydnomasidan o‘tkaza olmayotgan edi.

Bunga Saudiya Arabistonida legionerlarga qo‘yilgan limit sabab bo‘layotgani aytildi. Manbalarning ta’kidlashicha, bu mamlakatda bir klub sakkizta xorijlik o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazishi belgilab qo‘yilgan.

Ronaldu jamoaga to‘qqizinchi bo‘lib qo‘shildi. Ungacha klub rahbariyati bir necha o‘yinchilar bilan jamoani tark etish bo‘yicha muzokara olib borgan. Xususan, bu masala legionerlar limitini to‘ldirib turgan Jaloliddin Masharipovni ham chetlab o‘tgani yo‘q.

So‘nggi yangiliklarga qaraganda, “An-Nasr” Krishtianu Ronalduni chempionat qaydnomasiga kiritdi. Kamerunlik hujumch Vensan Abubakar boshqa klubga ijaraga o‘tishga rozilik berganidan keyin, Ronalduga joy ochildi.

Xabaringiz bor, Jaloliddin Masharipov jahon futboli tarixida eng ko‘p gol urgan 37 yoshl yulduzga o‘zining 7-raqamini bo‘shatib bergan edi. Endi o‘zbek yarim himoyachisi 77-raqamda maydonga tushmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!