Roys yoki Mbappe? Kim so‘nggi mavsumida yana EChL finaliga yo‘l oladi?

Yana bir Chempionlar ligasi mavsumi o‘z nihoyasiga etayotganini ko‘rish biroz yoqimsiz holat. Bu yil bizga ko‘plab kutilgan va kutilmagan natijalarni taqdim etdi. Ko‘pchilik yarim finalda "Borussiya" - PSJ to‘qnashuvi bo‘lib o‘tishini ishonmagan bo‘lsa ham kerak. Aynan mana o‘yinda ikkala tomonning ham eng katta orzularidan biri ro‘yobga chiqishi mumkin. 

Champions League: Vitinha, Kylian Mbappe shine as PSG beat Borussia  Dortmund - The Week Kilian Mbappe

Mbappendan eng alamli mag‘lubiyatingiz qaysi, deb savol berishganida u 2020 yilgi Chempionlar ligasini yodga oladi. Tomas Tuxel o‘sha paytda deyarli hech kim uddalay olmayotgan ishni, ya’ni Frantsiya klubini finalgacha olib chiqdi. Eng qizig‘i, parijliklarga nimchorak finalida "Borussiya" to‘qnash kelgan va nemislar mag‘lub qilingandi. Keyin "Atalanta", "Leyptsig"larni taslim qilib, jamoa finalda "Bavariya"ga imkoniyatni boy berib qo‘yadi. Yagona golni esa sobiq PSJ futbolchisi va Kilianning terma jamoadagi do‘sti Kingsli Koman urib ketadi. O‘shanda Mbappe bu sovringa yaqinlasha olgan. So‘nggi 4 yil ichida birinchi marta unda yana shunday imkoniyat paydo bo‘lishi uchun harakat qiladi. Ta’kidlash joiz, bugungi o‘yin Mbappening "Park de Prens"dagi so‘nggi EChL bahsi hisoblanadi. Shunday ekan, muxlislar ham uni chiroyli kuzatib qo‘yishni istashadi. 

Kylian Mbappé Provides an Update on His Injured Ankle and Reflects on the  Champions League Final Loss - PSG Talk

Marko Roys

Sadoqat timsoli sifatida ko‘riladigan Marko ham bir marta Chempionlar ligasini yutishga yaqin kelgan. 2013 yili ChL finaliga "Barselona" va "Real" chiqishi mumkin edi. Yarim finalda "Bavariya" Gvardiola shogirdlarini, "Borussiya" esa madridliklarni taslim qilib, sovrin uchun jang qilishga "Uembli"ga yo‘l olishgan. O‘yinning 89-daqiqasigacha hisob 1:1 edi. Ikkala tomon ham ekstra-taymlarga o‘tishga tayyor bo‘lib turishganida, Robben g‘alaba golini urib ketadi. Bu "Borussiya"ning so‘nggi EChL finali edi. O‘shandan keyin tarkibni Robert Levandovski, Ilkay Gyundogan, Mats Xummels kabi futbolchilar tark etishdi. Faqatgina Marko qoldi, lekin u ham ushbu mavsum so‘nggida jamoadan ketmoqda. 

Championsleague Final Borussia Dortmund FC Bayern Muenchen 25 05 2013 Marco  Reus BvB passes the

Kichik ustunlik dortmundliklar tomonida. Ammo PSJ ushbu mavsum kambek qila olganini ko‘rdik. Shunday ekan, taxmin bildirish qiyin masala va eng alamlisi bugun Roys yoki Mbappedan qaysidir biri klubidagi so‘nggi mavsumida EChLni qo‘lga kirita olmasligi ma’lum bo‘ladi. Bu ham qayg‘uli, ham quvonchlidir.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!