Rustam Ashurmatov eng yaxshi futbolchi bo‘ldi

  • 1 sentabr, 2023, 20:21
  • 0
  • Futbol

Rossiya kubogi guruh bosqichidan o‘rin olgan "Rubin" - "Ural" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv qozonliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Bahsning 10-daqiqasida hamyurtimiz Rustam Ashurmatov boshi bilan gol urib hisobni ochdi va g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi. 

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi mazkur o‘yinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Eng yaxshi futbolchilar "Rubin" klubining "Telegram" kanalida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra aniqlandi.

photo_2023-09-01_00-17-35

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!