Rustam Xodjaev: "Andijon"ning o‘yinida murabbiyning imzosi ko‘rinib turibdi"

Ma’lumki,  bugun “Andijon” Tojikistonda “Xo‘jand”ning yoshlar jamoasiga qarshi nazorat bahsida 8:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvni kuzatib borgan “Xo‘jand” bosh murabbiyi Rustam Xodjaev “Andijon” matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

"Biz bu uchrashuvda yosh futbolchilarni sinab ko‘rdik. Albatta, “Andijon” jamoasi kuchli edi. Umuman aytganda, yaxshi uchrashuv bo‘ldi.

“Andijon” futbolchilari bir-birini yaxshi tushunib o‘ynashdi. Jamoa o‘yinida murabbiyning imzo ko‘rinib turibdi. Bizda esa asosan yosh futbolchilar o‘ynashdi. Shu bois ehtimol, bunday natija kutilgandir".

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!