Saloh Saudiyada Mane va Ronalduning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 30 noyabr, 2023, 20:58
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" futbolchisi Muhammad Saloh yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda "TeamTalk" nashri xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, Salohga Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Riyodliklar hujumda Mane - Ronaldu - Saloh uchligini o‘ynatishni istamoqda. 

Hozirda mersisaydliklar Muhammadni qo‘yib yuborish niyatida emas. Biroq qulay taklif tushsa, yoshi o‘tib borayotgan misrlik iqtidor sohibidan voz kechilish ehtimoli yo‘q emas. 

Ma’lumot o‘rnida, Saloh joriy mavsum APLning 13 uchrashuvida 10 ta gol va 5 ta assist muallifiga aylandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!