Sardor Azmun jarohat oldi

Kuni kecha "JCh-2026" va Osiyo kubogi-2027 qo‘shma saralash bosqichidan o‘rin olgan Eron - Turkmaniston bahsi bo‘lib o‘tdi va uchrashuv forslarning 5:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. 

Ushbu uchrashuvda Eron terma jamoasi etakchi futbolchisi Sardor Azmun jiddiy jarohat olib, stadiondan tez yordam mashinasida olib ketildi. Tibbiy tekshiruvlarga ko‘ra, 29 yoshli hujumchi tizzasidan olgan jarohati sabab 4-6 haftaga safdan chiqdi.

Shu tariqa, Azmun Turkmanistonga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazib yuboradi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!