Sardor Mirzaev vodiy jamoalari taklifini rad etib, boshqa Superliga klubiga yo‘l oladi!

  • 4 iyul, 2023, 15:42
  • 0
  • Futbol

Bir necha mavsumdan beri Tailandda to‘p tepayotgan Sardor Mirzaev faoliyatini Superliga klublaridan birida davom ettirishi kutilmoqda.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, futbolchi vodiy klublaridan kelib tushgan takliflarni rad etgan. Mirzaev faoliyatini OKMK klubida davom ettirishi ehtimoli yuqori.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Sardor Mirzaevni "Navbahor" va "Neftchi" klublaridan biri bilan shartnoma imzolashi borasida mish-mishlar paydo bo‘lgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!